Turkiyada metil spirtidan zaharlanish oqibatida 59 kishi vafot etdi, yana 35 kishi og‘ir ahvolda reanimasiyada qolmoqda.
Anqarada qalbaki spirtli ichimliklar keltirib chiqargan fojialar hamon davom etmoqda. Anqara prokuraturasi hudud prokuraturalari bilan hamkorlikda kontrabanda va qasddan odam o‘ldirish faktlari bo‘yicha keng ko‘lamli tergov ishlarini olib bormoqda. Hozirda 28 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan, ushbu ishga aloqador yana 30 nafar shaxs garov evaziga qo‘yib yuborilgan.
Nega Turkiyada odamlar qalbaki spirtli ichimliklardan o‘lmoqda?
Ular arzon, sifatsiz spirtdan foyda olish maqsadida qalbaki ichimliklar tayyorlashadi. Ko‘pincha bu metil spirti, ya’ni metanol. Bu sanoatda ishlatiladigan va inson iste’moli uchun mo‘ljallanmagan spirtli ichimlikdir. Ushbu turdagi spirtli ichimliklar antifriz, bo‘yoq tinerlari va tozalash vositalari kabi mahsulotlarda mavjud.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar spirtli ichimliklar bozor narxidan ancha past narxda sotilsa, uning qalbaki bo‘lish ehtimoli yuqori.