Bugun 12 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Turkiyada pul tikish mojarosi tufayli 1000 dan ortiq futbolchi chetlatildi

Turkiyada pul tikish mojarosi tufayli 1000 dan ortiq futbolchi chetlatildi

Turkiyada yirik pul tikish mojarosi bo‘yicha tergov davom etmoqda.

Turli divizionlardagi 1000 dan ortiq futbolchi garovda ishtirok etgani uchun chetlatildi. Ulardan 27 nafari Superliga klublarida to‘p tepadi.

Turkiyaning Milliyet nashri xabariga ko‘ra, chetlatilganlar ro‘yxatida "Galatasaroy", "Beshiktosh", "Trabzonspor", "Antalyaspor" futbolchilari, shuningdek, "Serik Belediyespor"ning to‘rt nafar futbolchisi bor. Chetlatilganlardan faqat bir nafari - legioner.

Turkiya futbol federasiyasi FIFA bilan qo‘shimcha transfer oynasi bo‘yicha muzokaralarni boshladi, chunki ikkinchi va uchinchi divizionda ko‘plab klublar o‘yinlar uchun tarkib tuza olmayapti. Ayni paytda ikkinchi va uchinchi liga o‘yinlari vaqtincha to‘xtatilgan.

Avvalroq Turkiyada 17 nafar hakam va ikki nafar futbol klubi prezidenti hibsga olingan, shuningdek, 149 nafar hakam stavka uchun chetlatilgan edi.

Kiritildi: 10:00 11.11.2025. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!