Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Turkiyada harbiy vertolyot dengizga favqulodda qo‘ndi

Turkiyada harbiy vertolyot dengizga favqulodda qo‘ndi

Turkiya harbiy-dengiz kuchlarining vertolyoti dengizga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.

Hodisa DENİZKURDU-II/2025 mashg‘ulotlari vaqtida sodir bo‘lgan.

Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi harbiy SH-70 vertolyoti parvoz vaqtida texnik nosozlik yuz berganini va mashg‘ulotlar doirasida dengizga favqulodda qo‘nishni amalga oshirganini ma’lum qildi.

Ekipajning to‘rt a’zosining ahvoli barqaror va ularning hayoti xavf ostida emas.

DENİZKURDU-II/2025 mashqlari davom etmoqda.

Kiritildi: 18:41 13.05.2025. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!