Turkiyada 49 nafar fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgan o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olingan.
Reyd davomida 61 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgani, ularning 8 nafari Ozarbayjon, 49 nafari O‘zbekiston va 4 nafari Turkmaniston fuqarolari ekani aniqlangan. Ushbu ayollarni sotish orqali intim xizmatlarni tashkil etishga esa yana bir o‘zbekistonlik Z.K. (ayol) boshchilik qilgan.
Fohishalik bilan shug‘ullangan ayollar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda 61 nafaridan 4 nafarida OITS kasalligi aniqlangan.
Fohishalik xizmatini ancha rivojlantirib olgan to‘daning hisob kitoblar yozilgan "qora daftari" polisiya qo‘liga tushib qolgan. Bu daftarda ayollar xizmat qilgan 1000 dan ortiq turklarning ro‘yxati borligi aytilmoqda, ichida Sakarya, Karasu va Istanbuldan ham erkaklar bor.
Polisiya hozirda OITS bilan kasallangan bo‘lishi mumkinligi haqidagi sovuq xabarni yetkazib qo‘yish uchun ro‘yxatni o‘rganmoqda.