Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Turkiyada bortida Liviya Bosh shtabi boshlig‘i general Muhammad Ali al-Haddad bo‘lgan samolyot halokatga uchradi

Turkiyada bortida Liviya Bosh shtabi boshlig‘i general Muhammad Ali al-Haddad bo‘lgan samolyot halokatga uchradi

Daily Sabah nashrining xabar berishicha, halokatdan sal avvalroq general Muhammad Ali al-Haddad uchib ketayotgan Falcon 50 samolyoti Anqara yaqinidagi Haymana hududida favqulodda qo‘nishga ruxsat so‘ragan. Samolyotda Al-Haddaddan tashqari yana to‘rt kishi bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, general Al-Haddad Anqaradan Tripoliga uchib ketayotgan edi. U Anqarada Turkiya mudofaa vaziri Yashar Gyuler bilan uchrashuv o‘tkazgan, shuningdek, Turkiya Bosh shtabi boshlig‘i general Selchuk Bayraktar bilan muzokaralarda ishtirok etgan.

Kiritildi: Bugun 16:50. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!