Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Armanistonda Ozarboyjon benzini sotuvga chiqdi

Armanistonda Ozarboyjon benzini sotuvga chiqdi

Armanistonda Ozarboyjondan keltirilgan benzin sotila boshladi, uning narxi Rossiyadan eksport qilingan benzindan arzonroq, deb yozmoqda The Insider.

Nashrning xabar berishicha, 23 dekabrdan boshlab Armanistonda Ozarboyjondan keltirilgan AI-95 markali benzin sotuvga chiqqan. Ushbu benzinning litri 430 dramdan ($1,13) sotilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Armaniston bozoridagi yoqilg‘ining 2/3 qismi Rossiyadan yetkazib beriladi.

"Bu hozirgi kunda 520 dramni ($1,37) tashkil etuvchi “Premium” klassidagi benzinning bozor narxidan sezilarli darajada past", — deya ma’lum qildi vositachi kompaniya orqali 600 tonna Ozarboyjon benzinini sotib olgan “Mega Treyd” kompaniyasi direktori.

Kiritildi: 23:56 23.12.2025. O'qildi: 468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!