Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Oltita o‘yinning barchasida mag‘lub bo‘lgan "Nasaf"ning bosh murabbiyi navbatdagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng nimalar dedi?

Oltita o‘yinning barchasida mag‘lub bo‘lgan "Nasaf"ning bosh murabbiyi navbatdagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng nimalar dedi?

OCHL Elit-2025/26 musobaqasi 6-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Al Ittihod" – "Nasaf" (1:0) uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.

"Bugungi o‘yinda yigitlar yaxshi harakat qilishdi va maydonda bor kuchlarini ishga solishdi. Oxirigacha kurash olib bordik. Qarshi hujumlarda golli vaziyatlar yaratdik. Futbolchilarimga minnatdorlik bildiraman. Kuchli raqibga qarshi munosib qarshilik ko‘rsatdik" - dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

Eslatib o‘tamiz. "Ajdarlar" turnirdagi barcha 6 ta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi va pley-offga chiqish yo‘llanmasini muddatidan avval qo‘ldan chiqardi.

Kiritildi: Bugun 07:07. O'qildi: 928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!