Bugun 18 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kutilmagan tadqiqot: Olimlar saratonni qurbaqa yordamida davolash mumkinligini aniqladi

Kutilmagan tadqiqot: Olimlar saratonni qurbaqa yordamida davolash mumkinligini aniqladi

Tadqiqotlar amfibiya va reptiliyalar ichagidagi Ewingella americana bakteriyasi saraton o‘simtalarini bir martada to‘liq yo‘q qilish imkonini berishini ko‘rsatdi.

Bu davolash usuli standart usullardan ancha samarali va xavfsiz bo‘lib, bakteriya immunitetga zarar yetkazmagan va zaharlamagan xolda o‘simtalarni parchalaydi, deb xabar beradi Yaponiyaning Ilg‘or fan va texnologiyalar instituti.

Professor Eydziro Miyako boshchiligidagi jamoa qurbaqa, olovli triton va kaltakesaklarning ichaklaridan olingan 45 ta bakteriyani o‘rgandi. Ulardan to‘qqiztasi saratonga qarshi ta’sir ko‘rsatdi. Eng kuchlisi daraxt qurbaqalarida topilgan Ewingella americana bo‘ldi.

Kiritildi: 22:26 23.12.2025. O'qildi: 2585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!