Eronda ballistik raketa uchirilishi deyarli butun mamlakat bo‘ylab kuzatildi. Eron bu holatni rasman rejali o‘quv mashg‘ulotlari deb atadi.
Bu mashg‘ulotlar iyun oyida Isroil bilan bo‘lib o‘tgan 12 kunlik mojarodan so‘ng mamlakatning raketa salohiyati tiklangani va rivojlanganini namoyish etdi.
Raketa uchirilishi Isroil yozda jiddiy zarar ko‘rgan deb da’vo qilayotgan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Aerokosmik kuchlari bazalaridan amalga oshirildi.
Isroil bunga asabiy reaksiya bildirdi. Isroil rasmiylari AQShni bu mashg‘ulotlar nazariy jihatdan to‘satdan zarba berish uchun niqob bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Amerika razvedkasi hozircha yaqin orada hujum bo‘lish alomatlarini ko‘rmayotganligini bildirdi.