Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Turkiyada 630 ta maqoladan iborat «Falastin lug‘ati» nashr etildi

Turkiyada 630 ta maqoladan iborat «Falastin lug‘ati» nashr etildi

Anqarada Falastin tarixi, siyosati, huquqi, iqtisodiyoti va madaniyatiga bag‘ishlangan «Falastin lug‘ati» taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Loyiha ustida ikki yildan ortiq vaqt davomida turli ilmiy sohalardan 273 nafar olim va tadqiqotchi ishlagan. Lug‘atga 15 ta yo‘nalish bo‘yicha tayyorlangan 630 ta maqola kiritilgan.

Nashr Falastin akademik fikr platformasi tomonidan tayyorlangan bo‘lib, uning taqdimoti «Anadolu» agentligi maydonida o‘tkazildi.

Lug‘at mualliflari nashrni oddiy ma’lumotnoma emas, balki Falastin haqidagi jamoaviy tarixiy xotirani aks ettiruvchi manba sifatida ko‘rishmoqda.

«So‘zni saqlash — xotirani saqlash demakdir», — dedi «Anadolu» bosh direktori o‘rinbosari Og‘uz Enis Peru.

Nashrda Falastin-Isroil mojarosiga oid ayrim atamalar mualliflarning o‘z talqinida berilgan. Jumladan, «xavfsizlik devori» o‘rniga «aparteid devori» va «sharmandalik devori», «ko‘chib keluvchi» o‘rniga esa «bosqinchi» atamalari qo‘llangan. 1967 yildagi Olti kunlik urush «1967 yildagi Isroil agressiyasi» deb atalgan.

Lug‘atda har bir maqolaga oid manbalar va havolalar tekshirilgan. Kitobdan foydalanishni osonlashtirish uchun o‘zaro havolalar hamda akademik, mavzuli va turli tayyorgarlik darajasiga ega o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan uch xil o‘qish qo‘llanmasi tayyorlangan.

Loyihaning asosiy tushunchalaridan biri «sumud» bo‘lib, u Falastin xalqining matonati va qarshiligini anglatadi.

Kiritildi: 20:50 04.09.2026. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!