Bugun 4 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Glinka ko‘chasida sodir bo‘lgan voqea sabablari ochiqlandi

Glinka ko‘chasida sodir bo‘lgan voqea sabablari ochiqlandi
Toshkent shahar hokimligi Glinka ko‘chasida sodir bo‘lgan voqea sabablarini ma’lum qildi. Poytaxt hokimligi matbuot xizmati e’lon qilgan dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, diametri 219 mm bo‘lgan yerosti gaz quvuridan sizib chiqqan gaz issiqlik tarmog‘i kamerasida to‘planib, avariya holatini yuzaga keltirgan. Tekshiruv davomida gaz quvurining taxminan 375 kv sm maydonida bir nechta joydan gaz sizib chiqayotgani aniqlangan. Qayd etilishicha, ayni paytda soha mutaxassislari hodisa sabablari va barcha tafsilotlarni batafsil o‘rganishda davom etmoqda. Tekshiruv yakunlangach, yo‘l qoplamasini tiklash ishlari davom ettiriladi va yaqin vaqt ichida yo‘l transport harakati uchun ochiladi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakunlariga ko‘ra, aybdor shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi. Toshkentning Yakkasaroy tumani Glinka ko‘chasidagi holat 3 sentyabr kuni sodir bo‘lgandi. Avtomobil yo‘lida asfalt o‘pirilib, bir kishi jarohatlangan, transport vositalariga zarar yetgandi.
Kiritildi: Bugun 13:55. O'qildi: 868 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!