Turkiya statistika snstituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda 50 yoshdan oshganlar orasida ajrashishlar ko‘paygan. So‘nggi paytlarda tobora yaqqol namoyon bo‘layotgan bu tendensiya jamiyatdagi ijtimoiy va madaniy munosabatlarning o‘zgara boshlaganini ko‘rsatmoqda.
Rasmiy statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bu guruhdagi ajrimlar soni o‘tgan yillarga nisbatan 15 foizga oshgan.
Mutaxassislarning fikricha, bu 50 yoshdan oshgan fuqarolarda oilaga munosabatning o‘zgarishi bilan bog‘liq.
2024 yilda 55 595 nafar 50 yoshdan oshganlar ajrashgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich sezilarli darajada kamaydi.
Ko‘p yillar davomida birga yashagan ko‘plab oilalar endi bir-biri bilan uyg‘un yashay olmasligini anglay boshladilar. Bunga ijtimoiy va moliyaviy ahvolning yaxshilanishi ham ta’sir ko‘rsatmoqda.
Sosiologlar vaziyatni Turkiyada turmush darajasining o‘zgarishi boshlanishi bilan izohlamoqda.
Keksa odamlar orasida ajralishlar kamdan-kam uchraydi. Hozirgi kunda 50 yoshdan oshgan ko‘proq odamlar qoniqarsiz munosabatlarni tark etish va yangi hayot boshlash mumkinligiga ishonishadi.