Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Turkiyada 176 nafar taqiqlangan tashkilot a’zosi qo‘lga olindi

A A A
Turkiyada 176 nafar taqiqlangan tashkilot a’zosi qo‘lga olindi

Turkiya Ichki ishlar vazirligi 176 nafar “Kurdiston ishchilar partiyasi” terror tashkiloti a’zosini qo‘lga oldi. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya ma’lum qildi.

Vazirga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari 31 ta aholi punktida reydlar o‘tkazib, mamlakatda taqiqlangan partiyaning 176 a’zosini qo‘lga olgan. Ularning yashash joylarida o‘tkazilgan tintuvlar chog‘ida narkotik moddalar, o‘qotar qurollar va terrorchilik faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlar topilgan.

“Biz oxirgi terrorchi zararsizlantirilmaguncha millatimiz tinchligi, birdamligi va hamjihatligi uchun kurashni qat’iy davom ettiramiz”, deb yozdi vazir X'da.

Kiritildi: 10:25 26.10.2024. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!