Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Turkiya turizm bo‘yicha dunyoda 4-o‘ringa chiqdi!

Turkiya turizm bo‘yicha dunyoda 4-o‘ringa chiqdi!

Turkiya 2024 yilda 56,7 million xorijlik turist bilan dunyoda eng ko‘p sayyohni jalb qilgan davlatlar orasida 4-o‘ringa ko‘tarildi. Jahon Turizm Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, turizm ligasida birinchi 5 davlat Fransiya, Ispaniya, AQSH, Turkiya va Italiya.

Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bergan bayonotida quyidagi ma’lumotlarni berdi:
“Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Turizm Tashkiloti tomonidan e’lon qilingan 2025 yil may oyi Jahon Turizm Barometriga ko‘ra, Turkiya 2024 yilda 56,7 million chet ellik ziyoratchi bilan dunyoda eng ko‘p sayyoh qabul qilgan 4-davlat bo‘ldi. O‘tgan yilga nisbatan bir pog‘ona ko‘tarilib, 5-o‘rindan 4-o‘ringa chiqib olgan Turkiya bu sohada barqaror o‘sishda davom etmoqda. 2024 yilda tashrif buyuruvchilarning umumiy soni 62,3 million kishiga yetdi”.

Bu katta muvaffaqiyatning tarixiy meros va madaniy boyliklarning samarali targ‘iboti, kuchli infratuzilma va to‘rt mavsumga mos turizm xilma-xilligining natijasi ekanini ta’kidlagan Ersoy, “Turkiya endilikda nafaqat kuzatiladigan, balki o‘rnak olinadigan turizm mamlakatiga aylandi”, dedi.

Kiritildi: 11:31 24.06.2025. O'qildi: 1906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!