Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Turkiya Suriyada kamida uchta harbiy bazani egallash niyatida bo‘lganmi?

Turkiya Suriyada kamida uchta harbiy bazani egallash niyatida bo‘lganmi?

Turkiya Suriyada kamida uchta harbiy bazani egallash niyatida bo‘lgan, ammo ularning kamida ikkitasi Isroil tomonidan bombardimon qilingan, deb xabar bermoqda Reuters

Agentlikning xabar berishicha, so‘nggi haftalar davomida Turkiyadan kelgan maxsus guruhlar Suriyadagi T4, Palmira va Hama harbiy aerodromlarida bo‘lib, infratuzilma, uchish-qo‘nish yo‘laklari, angarlar va boshqa inshootlarni ko‘zdan kechirishgan. Turkiya vakillarining T4 va Palmira bazalariga yana bir tashrifi 25 mart kuniga rejalashtirilgan edi, biroq bu tashrif Isroilning mazkur ob’ektlarga uyushtirgan keng ko‘lamli hujumlari sababli bekor qilingan.

Sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini o‘rgangan razvedka manbasining ma’lum qilishicha, Isroil zarbalari oqibatida T4 bazasi butunlay vayron etilgan, jumladan uchish-qo‘nish yo‘lagi, dispetcherlik minorasi, angarlar va u yerda turgan samolyotlar ham yo‘q qilingan.

Turkiya hukumatiga yaqin suriyalik manbalarning xabar berishicha, T4 bazasi hozirda foydalanish uchun mutlaqo yaroqsiz holga kelgan.

Kiritildi: 13:03 05.04.2025. O'qildi: 857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!