Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Turkiya Qirg‘izistonning 62,3 million dollarlik tashqi qarzidan kechdi

Turkiya Qirg‘izistonning 62,3 million dollarlik tashqi qarzidan kechdi

Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Bishkekka davlat tashrifi bilan kelgan Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdog‘an bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Prezident Erdog‘anga Qirg‘izistonning Turkiya oldidagi tashqi qarzidan kechish to‘g‘risida qaror qabul qilgani uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman”, — dedi Sadir Japarov.

Qayd etilganidek, Turkiya “yashil” iqtisodiyot loyihalarini amalga oshirish uchun Qirg‘izistonning 62,3 million dollarlik tashqi qarzidan kechdi.

Tashrif yakunlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni kengaytirish va davlatlararo munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan 19 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.

Kiritildi: 17:32 05.11.2024. O'qildi: 1182 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!