Bugun 12 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Turkiya prokuraturasi Isroil rasmiylari uchun 4 596 yilgacha qamoq jazosini talab qildi

 Turkiya prokuraturasi Isroil rasmiylari uchun 4 596 yilgacha qamoq jazosini talab qildi

Hürriyet nashrining xabar berishicha, Turkiyada genosid va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanib, sirtdan hibsga olingan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu va yana 34 nafar yuqori lavozimli mulozimga nisbatan ayblov xulosasi sudga yuborildi.

Prokuratura ayblanuvchilar uchun umrbod qamoq va 1 102 yildan 4 596 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini talab qilmoqda.

Tergov harakatlari 2025 yil oktyabr oyida G‘azoga yordam olib ketayotgan faollarning hibsga olinishi va ularga nisbatan shafqatsiz muomala qilingani ortidan boshlangan edi.

Ayblanuvchilar ro‘yxatidan Isroil mudofaa vaziri, milliy xavfsizlik vaziri va Qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i kabi shaxslar ham joy olgan.

Kiritildi: Bugun 17:16. O'qildi: 329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!