Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Turkiya prezidenti Ukrainada tinchlikka erishishga oz qolganini aytdi

Turkiya prezidenti Ukrainada tinchlikka erishishga oz qolganini aytdi

Turkiya prezidenti Ukrainada tinchlikka erishishga oz qolganini aytdi va Qora dengizda xavfsizlikni ta’minlashga chaqirdi — Reuters.

"Erdo‘g‘an Putin bilan uchrashuvdan so‘ng Ukraina mojarosini tartibga solish bo‘yicha tinchlik rejasini Tramp bilan muhokama qilishni rejalashtirmoqda", deb xabar bermoqda agentlik.

Erdo‘g‘an, shuningdek, Qora dengizdagi kemalarga hujumlarni to‘xtatishga chaqirdi.

"Qora dengiz qarama-qarshilik maydoni sifatida ko‘rilmasligi kerak. Bunday vaziyat faqat Rossiya va Ukrainaga zarar yetkazadi, hech qanday foyda keltirmaydi. Barchaga Qora dengizda kemalar qatnovining xavfsizligi zarur", — deya ta’kidladi Turkiya prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi haftalarda dengiz dronlari muntazam ravishda Rossiyaning “soya floti” kemalariga hujum qilmoqda. Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, buni Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) amalga oshirmoqda. Bundan tashqari, kecha Rossiya Ukrainadagi portlarga ommaviy zarba berdi. Natijada Turkiyaga tegishli kema zarar ko‘rdi.

Kiritildi: 19:12 13.12.2025. O'qildi: 648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!