Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Turkiya muxolifati mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlovchi imzo to‘plash kampaniyasini boshladi

Turkiya muxolifati mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlovchi imzo to‘plash kampaniyasini boshladi

Kampaniya boshlanishi haqida Istanbulda bo‘lib o‘tgan mitingda Jumhuriyat Xalq partiyasi (CHP) rahbari O‘zg‘ur O‘zel e’lon qildi.

"Biz prezidentlikka nomzodimiz Ekrem Imamog‘luning ozod etilishi va saylovlar o‘tkazilishini talab qilib, imzo to‘plash kampaniyasini boshlayapmiz", — dedi O‘zel.

Turkiyada prezidentlik saylovlari 2028 yilga belgilangan, biroq muxolifat muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishga harakat qilmoqda. 23 mart kuni CHP prezidentlikka nomzodni aniqlash uchun praymeriz o‘tkazdi. Muxolifat partiyasi yetakchisi Imomo‘g‘li nomzodini 14,8 milliondan ortiq kishi qo‘llab-quvvatlagani haqida xabar berdi.

Imomo‘g‘lu 19 mart kuni korrupsiya va terrorchilarga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olingan va sud qarori bilan 23 mart kuni hibsga olingan edi.

Kiritildi: 23:03 30.03.2025. O'qildi: 685 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!