2025 yil mart oyida Turkiya mudofaa va aviasiya eksporti bo‘yicha rekord o‘rnatdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 147 foiz o‘sish qayd etdi.
Tegishli davrda mamlakat boshqa davlatlarga jami 884 million dollarlik harbiy mahsulot yetkazib bergan. Yil boshidan buyon sektorda jami eksport qiymati 1,7 milliard dollarni tashkil etdi. Bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 72 foiz ko‘p.
Bu raqamlar Mudofaa sanoati qo‘mitasi raisi bayonotida aks etgan.