Bugun 9 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Turkiya Makka mudofaa pakti doirasida Saudiya Arabistonida harbiy baza tashkil etmoqchi

Turkiya Makka mudofaa pakti doirasida Saudiya Arabistonida harbiy baza tashkil etmoqchi

Xabar berilishicha, Turkiya qisqa va o‘rta masofali zenit-raketa komplekslaridan foydalangan holda Saudiya Arabistonining neft-gaz va elektr energetika infratuzilmasining to‘rtta eng muhim ob’ektini himoya qilishda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Kontingent soni, bo‘linmalar tarkibi va ular joylashadigan hududlar yaqin kunlarda belgilanadi.

Turkiya harbiy kontingentini Saudiya Arabistoniga yuborish to‘g‘risidagi qarorni respublika parlamenti tasdiqlashi kerak. Ovoz berish shu oyda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Turkiya Saudiya Arabistoniga 200 dan ortiq harbiy mutaxassislarni jo‘natgan, shuningdek, radioelektron kurash vositalari hamda yer va zenit-raketa komplekslarini yetkazib bergan. Shu bilan birga, Anqara Yamanda hujumkor operasiyalar o‘tkazishni rejalashtirmagani, biroq hukumat armiyasiga taktik, strategik va logistik yordam ko‘rsatishi mumkinligi aytilmoqda.

Makka mudofaa alyansi 2026 yil 7 avgustda Saudiya Arabistoni, Pokiston va Turkiya tomonidan qo‘shma mudofaa to‘g‘risidagi bitim imzolanganida tashkil etilgan edi. Hujjat ishtirokchi mamlakatlardan birortasiga qilingan qurolli hujumni ularning barchasiga qilingan hujum sifatida ko‘rib chiqishni nazarda tutadi.

Kiritildi: 23:59 07.10.2026. O'qildi: 631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!