Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Turkiya Liviyani tinchlikka chaqirmoqda

Turkiya Liviyani tinchlikka chaqirmoqda

Turkiya Liviya poytaxti Tripoli va uning atrofidagi hududlarda kuchayib borayotgan vaziyatdan jiddiy xavotir bildirdi. Rasmiy Anqara urushayotgan tomonlarni zudlik bilan keng qamrovli va doimiy o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.

💬 "Biz Liviya poytaxti Tripoli va uning atrofidagi hududlarda kuchaygan vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz. Biz tomonlarni zudlik bilan to‘liq va doimiy o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlashga va kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun muloqotga kirishishga chaqiramiz", — deyiladi Turkiya TIV rasmiy bayonotida.

Hujjatda Turkiyaning vaziyatni hal qilishda faol vositachilik qilishga tayyorligi ham qayd etilgan: “Turkiya doimiy va barqaror yechimni ta’minlash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyor”.

Bu bayonot Liviya prezident kengashi xavfsizlik xizmati rahbari Abdel G‘ani al-Kikli o‘ldirilishi ortidan poytaxtda ro‘y bergan to‘qnashuvlar munosabati bilan hukumat favqulodda holat e’lon qilgan Tripolida vaziyat kuchaygan bir paytda ma’lum qilindi.

Kiritildi: 22:00 14.05.2025. O'qildi: 459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!