"Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida Erdo‘g‘an Putinning Rossiya va Ukraina o‘rtasida yangi muzokaralar raundi o‘tkazish niyatini to‘liq qo‘llab-quvvatladi hamda bu muzokaralarni Istanbulda o‘tkazish uchun joy taqdim etishga tayyor ekanini tasdiqladi", Kreml tomonidan taqdim etilgan bayonotda.
Ukraina rasmiylarining "avval 30 kunlik sulh e’lon qilish, keyin muzokaralarni boshlash" haqidagi bayonotlariga qaramay, Moskva 15 mayda Istanbulda muzokaralar o‘tkazishni ustuvor deb hisoblashda davom etmoqda.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova prezident Vladimir Putinning o‘z bayonotida urushning ildiz sabablari bo‘yicha muzokara jarayoni zarurligini aniq bayon etganini aytdi.
Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, faqat shundan keyingina o‘t ochishni to‘xtatish masalasi muhokama qilinishi mumkin.