Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Turkiya Isroilga qarshi qat’iy pozisiyada

A A A
Turkiya Isroilga qarshi qat’iy pozisiyada

Suriyadagi vaziyatning keskinlashuvi fonida Turkiya Netanyahuning 7 may kuni Ozarboyjonga tashrifi chog‘ida uni samolyotiga havo hududini ochishni rad etdi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an ma’muriyati bayonot berdi. Mazkur bayonotda “Anqara Bokuning iltimosiga binoan Isroil bosh vaziri samolyotiga o‘z havo hududini ochishi mumkin”, degan mish-mishlarga izoh berildi.

"Turkiya Isroilning G‘azo xalqiga nisbatan olib borayotgan genosid siyosati sababli o‘z havo hududini isroillik samolyotlar uchun yopgan. Anqara Falastin xalqining adolatli kurashini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Asossiz xabarlarga ishonmang", deyiladi Turkiya prezidenti huzuridagi dezinformasiyaga qarshi kurash markazi xabarida.

Ozarboyjon Suriyada yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan Isroil va Turkiya o‘rtasida vositachilik qilmoqda. Aprel oyida Bokuda ikki davlat rasmiylari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, tomonlar Suriyadagi keskinlikni yumshatish yo‘llarini izlashga kelishib olgan edi. Biroq hozirda vaziyat yanada taranglashmoqda, Isroil ketma-ket ikki kundan buyon Anqaraning ittifoqchisi bo‘lgan Damashq kuchlariga aviazarbalar bermoqda.

Kiritildi: 23:01 03.05.2025. O'qildi: 735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!