Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Turkiya Isroil qarshiligiga qaramay G‘azoga qo‘shin yuborishga tayyor

Turkiya Isroil qarshiligiga qaramay G‘azoga qo‘shin yuborishga tayyor

Bloomberg xabar berishicha, Turkiya rasmiylari Ankara bir necha ming askarni G‘azo sektoriga Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari tarkibida yuborish imkonini ko‘rib chiqmoqda, garchi Isroil bunga qarshi bo‘lsa ham.

Manbalarga ko‘ra, AQSh Turkiyaning ushbu kuchlarga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlamoqda, Ankara esa Vashington G‘azoga qo‘shinlar kiritilganda Isroilning harbiy kuch ishlatishini cheklaydi, deb kutmoqda.

Shu bilan birga, Turkiya Isroilning roziligisiz qanday ishtirok eta olishi hali noma’lum. Ankarada hisoblashlaricha, AQSh bosimi ostida Isroil rozi bo‘lishi mumkin.

Yuqori lavozimli amerikalik amaldor Turkiyaning bu istagini tasdiqlagan, ammo Vashington Anqara tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydimi-yo‘qmi — aniq aytmagan.

Kiritildi: 17:55 23.11.2025. O'qildi: 1165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!