Turkiya garchi tashkilotning a’zolari tomonidan qarshilik bo‘layotganiga qaramay, Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish g‘oyasidan hech qachon voz kechmaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi deb xabar bermoqda “Anado‘lu” xabariga asoslanib “Azon.uz”
«Evropa ittifoqi tomonidan boshqacharoq reaktsiya bo‘layotganiga qaramay, Anqara Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish g‘oyasiga sodiq qoladi», deb yozadi Erdo‘g‘an o‘zining Tvitterdagi akkauntida.
Erdo‘g‘an, shuningdek, Turkiya qadamba-qadam «mintaqadagi eng kuchli mamlakatga aylanib borayotganini» ta’kidlar ekan, kelajakda jahon darajasidagi eng yirik davlatlardan biriga aylanishini bildirdi.
Bundan tashqari, Turkiya prezidenti 2018 yilning 24 iyun kuni muddatidan ilgari o‘tkaziladigan prezidentlik va parlament saylovi mamlakat uchun muhim qadam bo‘lishini ta’kidladi.