Turkiya Erondagi urush fonida o‘z davlat zaxiralaridagi oltinni sotishni boshladi — Reuters .
Turkiya Markaziy banki oltin zaxiralarini keskin qisqartirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mart oyida Turkiya Markaziy banki zaxiralaridagi 8 milliard dollardan ortiq qiymatdagi 60 tonnaga yaqin oltin sotilgan va turli amaliyotlarda foydalanilgan.
Qayd etilishicha, bir haftaning o‘zida Turkiya zaxiralaridagi oltin taxminan 22 tonnaga kamaygan bo‘lishi mumkin, bu so‘nggi yetti yildagi eng yirik pasayishdir.
Shu bilan birga, mamlakatning umumiy xalqaro zaxiralari bir hafta ichida 12 milliard dollardan ko‘proqqa qisqardi. Bu holat turk lirasiga bo‘lgan kuchli bosim va mintaqadagi urush tufayli global beqarorlikning o‘sishi fonida yuz bermoqda.