Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Turkiya Ekrem Imamo‘g‘luning hibsga olinganidan keyingi norozilik namoyishlarini yoritgan BBC muxbirini deportasiya qildi

Turkiya Ekrem Imamo‘g‘luning hibsga olinganidan keyingi norozilik namoyishlarini yoritgan BBC muxbirini deportasiya qildi

"Chorshanba kuni bizning muxbirimiz Istanbulda polisiya bo‘limiga olib ketildi va u yerda bir necha soat davomida ushlab turildi. Keyin unga “jamoat tartibiga tahdid solayotgani” sababli deportasiya qilinishi aytildi", deyiladi BBC xabarida.

Turkiya hukumati prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning asosiy siyosiy raqibi Ekrem Imamo‘g‘lu hibsga olinganidan so‘ng ommaviy axborot vositalariga bosimni kuchaytirdi. Ayrim telekanallarga efirni to‘xtatish buyrug‘i berildi. Mamlakatda ijtimoiy tarmoqlar bloklandi.

Turkiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, norozilik namoyishlarini bostirish jarayonida qariyb 1,9 ming kishi hibsga olingan.

Kiritildi: 21:03 27.03.2025. O'qildi: 760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!