Danil Krugovoy Abbosbek Fayzullayevning "Istanbul Bashakshexir"ga o‘tishi ehtimoli haqida gapirdi.
SSKA va O‘zbekiston milliy jamoasining 21 yoshli vingeri Turkiya klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tgani xabar qilingandi.
"Albatta, hammamiz Abbosni sog‘inamiz. Lekin u qaytib kelishga va’da berdi (kulimsirab). Turkiya chempionati Fayzullayev uchun jahon chempionati oldidan tramplin deb o‘ylayman. Unga muvaffaqiyat tilayman.
Abbos yaxshi futbolchi va inson. U bilan o‘ynash juda zavqli edi... Ayniqsa, 3-4-3 sxemasida u vinger, men esa chap qanot himoyasida o‘ynardim," - dedi SSKA himoyachisi.