Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi 8 fevral, shanba kuni 13 YPG terrorchisi yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
Trend xabariga ko‘ra, Milliy mudofaa vazirligi Suriya shimolida "Tinchlik bulog‘i" aksilterror operasiyasi o‘tkazilayotgan hududda jangarilar harakati aniqlanganini qayd etgan.
Vazirlik terroristlar joylashgan joylarga berilgan havo hujumlari tasvirlari bilan bo‘lishar ekan, mintaqadagi terror tahdidini butunlay yo‘q qilish qat’iyatini ta’kidladi.