2026 yil 1 iyun kuni Parijga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi prezidenti professor Aktoti Raimqulova UNESCO Bosh direktorining madaniyat masalalari bo‘yicha vazifasini bajaruvchi o‘rinbosari hamda UNESCOning Butunjahon merosi markazi direktori Lazar Elundu Assomo bilan rasmiy ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuv Turkiy dunyoning madaniy va tabiiy merosini global miqyosda asrash, tadqiq etish va targ‘ib qilish, shuningdek, UNESCOning xalqaro konvensiyalari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash nuqtai nazaridan alohida ahamiyat kasb etdi.
Muzokaralar davomida professor Aktoti Raimqulova UNESCOga hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qator strategik takliflarni taqdim etdi. Ushbu tashabbuslar tajriba almashinuvi, institusional hamkorlikni rivojlantirish hamda madaniy merosni muhofaza qilish sohasida raqamli texnologiyalarni qo‘llash kabi yo‘nalishlarni qamrab oldi.
Lazar Elundu Assomo Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasining jahon merosini asrashdagi faol rolini va xalqaro konvensiyalar maqsadlarini amalga oshirishga qo‘shayotgan amaliy hissasini yuqori baholadi. Shuningdek, u uchrashuv davomida ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va ularni yanada rivojlantirishga qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar umumiy madaniy merosni asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lida strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.