Reuters agentligi o‘zining dastlabki hisob-kitoblariga asoslanib xabar berishicha, yanvar oyida "Turk oqimi" quvuri orqali Yevropaga Rossiya gazi eksporti kuniga 50 million kub metr ko‘rsatkichga yetib, rekord darajani qayd etdi.
Agentlikning hisob-kitoblari Yevropaning Entsog gaz transporti guruhi ma’lumotlariga asoslangan. Ularga ko‘ra, yanvar oyida "Turk oqimi" orqali Rossiyadan gaz yetkazib berish o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 26,8 foizga oshib, kunlik 39,9 million kub metrdan 50,6 million kub metrgacha ko‘tarilgan.
Etkazib berishning umumiy hajmi yanvar oyida 1,57 milliard kub metrni, dekabr oyida 1,54 milliard kub metrni, 2024 yil yanvar oyida esa 1,24 milliard kub metrni tashkil etdi.
Dengiz orqali suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berishni hisobga olmaganda, "Turk oqimi" Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berishning yagona yo‘li bo‘lib qoldi. 1 yanvardan boshlab Yevropa davlatlariga Ukraina orqali tranzit usulida gaz yetkazib berish to‘xtatildi.