Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, 15 mart kuni bo‘lib o‘tadigan referendum Qozog‘iston zamonaviy tarixida alohida o‘rin egallashi mumkin.
Qosim-Jo‘mart To‘qayevning ta’kidlashicha, taklif etilayotgan o‘zgarishlar hokimiyatdagi muvozanat tizimini kuchaytirishga qaratilgan.
Shuningdek, u “kulrang kardinallar” deb ataluvchi shaxslar va qaror qabul qilishning norasmiy markazlari davlat institutlari o‘rnini bosmasligi kerakligini aytdi va davlat tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirishga qaratilgan siyosat ortga qaytmas jarayonga aylanganini ta’kidladi.
Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda parlament islohoti o‘tkazilishini e’lon qilgan edi. Islohot doirasida Qozog‘iston parlamenti ikki palatadan bir palataga aylantiriladi va Qurultoy deb nomlanadi. Unda 145 ta deputatlik o‘rni bo‘ladi.
Bundan tashqari, Qozog‘istonda vise-prezident lavozimi joriy qilinadi. Uni prezident parlament roziligi bilan tayinlaydi.