Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

To‘lqin Qilichevning hayoti qanday saqlab qolindi?

To‘lqin Qilichevning hayoti qanday saqlab qolindi?

Buyuk Britaniya jamoasining tibbiyot xodimlari boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichevning hayotini saqlab qolishga yordam berganidan keyin Olimpiya qahramonlariga aylanishdi.

To‘lqin Qilichev payshanba kuni Rolan Garrosda mashg‘ulot xonasida Hasanboy Do‘smatov qo‘lga kiritgan oltin medalni nishonlash jarayonida yurak xurujiga uchraydi.

Yaxshiyamki shu vaqtda britaniyalik shifokor Xarj Singx va fizioterapevt Robbi Lillis ham mashg‘ulot xonasi yaqinida bo‘lishgan va unga shoshilinch yordam ko‘rsatishgan, Singx sun’iy nafas bergan, Lillis esa defibrillyator amaliyotini qo‘llagan.

Lillis shunday dedi: "O‘zbekiston murabbiylar jamoasi mashg‘ulot joyiga qaytib kelishdi va ularning barchasi g‘alabani nishonladi, keyin bu hududdan bayram bilan umuman bog‘liq bo‘lmagan baqiriq ovozlari eshitildi.

«Shifokorlarni chaqiring, yordam bering», degan hayqiriqlar edi. Shifokor Xarj birinchi bo‘lib yordamga yugurdi va men uning ortidan qo‘limdagi sumka bilan ergashdim. Xonaga yetganimda Xarj allaqachon murabbiyga sun’iy nafas berishni boshlagan edi. Bir nechta murabbiylar butun vaziyatdan xavotirda edilar, shuning uchun ularni o‘ziga keltirishga biroz vaqt kerak bo‘ldi. Men travma sumkasini ochdim, defibrilatorni chiqarib, iloji boricha tezroq yostiqchalarni qo‘ydim. Shifokorlar uning yurak urish tezligini tahlil qilgandan so‘ng, ular shok kerakligini aytishdi, shuning uchun biz hammani chiqarib, elektr toki urdik.

Avvaliga u hushiga kelmadi, lekin taxminan 20-30 soniyadan so‘ng, Xarj sun’iy nafasni davom ettirganidan so‘ng, murabbiy to‘satdan hushiga keldi va bu biz uchun juda zo‘r edi.”

Qilichev kasalxonaga yotqizilgan, uning holati barqaror deb baholanmoqda.

Lillis voqeadan keyin payshanba kuni kechqurun umuman uxlamaganligini aytdi. "Shubhasiz, o‘sha paytda bu vaziyatni hal qilish adrenalinning bir turi edi", dedi u. "Men o‘z vazifamni bajardim va umid qilamanki, kimdir omon qolishiga yordam berganimdan minnatdorman.”

Kiritildi: 00:35 11.08.2024. O'qildi: 3740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!