Bugun 4 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tuhmat va haqorat bo‘yicha javobgarlik faqat jabrlanuvchining arizasi asosida belgilanadi

Tuhmat va haqorat bo‘yicha javobgarlik faqat jabrlanuvchining arizasi asosida belgilanadi

O‘zbekistonda ma’muriy huquqbuzarliklar yuzasidan ishlarni yuritishga xususiy ayblov instituti joriy etildi. Bu haqdagi o‘zgartishlar «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks»ga kiritildi.

2025 yil 10 iyulda qabul qilingan O‘RQ-1075-sonli qonun bilan o‘rnatilayogan yangi tartibga ko‘ra, ayrim huquqbuzarliklar bo‘yicha javobgarlik faqat jabrlanuvchining arizasi asosida belgilanadi, deb yozmoqda Huquqiy axborot portali.

Bunda tuhmat qilish, haqorat qilish kabi huquqbuzarliklar endi maxsus organlar tashabbusi bilan emas, balki fuqarolarning shaxsiy talabiga ko‘ra ish yuritiladi.

Ammo jabrlanuvchi o‘z huquqlarini himoya qilish imkoniga ega bo‘lmasa — masalan, nochor ahvolda bo‘lsa yoki yosh jihatdan voyaga yetmagan bo‘lsa — bu hollarda ish yuritish jabrlanuvchi arizasisiz ham vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, qonunga ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qiluvchi normalar ham kiritildi. Jumladan, avtomat telefon qurilmalarini shikastlash, ruxsatsiz radiouzatkich shoxobchasini o‘rnatish yoki foydalanish kabi holatlar uchun endi javobgarlik belgilanmaydi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kiritildi: 19:45 11.07.2025. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!