"Albatta, mavsum bo‘ladi. Okrugimizning sohil bo‘yi chizig‘i qariyb 90 kilometrni tashkil etadi. Bitta plyajda yuz bergan hodisa boshqa plyajlarga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Ushbu plyajni esa 1 iyungacha tartibga keltiramiz va aynan bizning shahrimizga keladigan odamlar undan foydalanishlari mumkin bo‘ladi", — dedi Krasnodar o‘lkasi Tuapse munisipal okrugi rahbari Sergey Boyko "Solovyev Live" efirida.
Shuningdek, u maxsus xizmatlar mahalliy hokimiyatga Tuapsedagi vaziyat haqida feyk xabarlar tarqatayotgan "G‘arb telekompaniyalari va blogerlari" haqida ma’lumot berayotganini qo‘shimcha qildi.
Boykoning so‘zlariga ko‘ra, neft mahsulotlari to‘kilganidan keyin shaharda "anomal holatlar, tez yordam va kasalxonalarga murojaatlarning keskin ko‘payishi" kuzatilmagan.