Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

TTESI va Shvesiyaning Buros universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

TTESI va Shvesiyaning Buros universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti (TTESI) delegasiyasi O‘zbekistonning Shvesiyadagi elchixonasi ko‘magida Shvesiyaning yetakchi ilmiy markazlaridan biri — Buros universitetida bo‘lib, tomonlar o‘rtasida rasmiy hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu hamkorlik dastlab PhD doktorantlar almashinuvi dasturi, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish kurslari, tekstil chiqindilarini qayta ishlash sohasida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish yo‘nalishlarida olib boriladi.

Buros universiteti bu yo‘nalishda dunyodagi eng yetakchi ilmiy markazlardan biri hisoblanadi. Shu sababli, TTESI ushbu sohada hamkorlikni kengaytirish, texnologik yechimlar va barqaror ishlab chiqarish yo‘nalishida chuqur tadqiqotlar olib borishni rejalashtirmoqda.

Uchrashuv doirasida TTESI prorektori Baxtiyor Nasimov va xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi Nurmuhammad Xudayberdiyev Buros universiteti rektori, professor Kim Bolton bilan samarali muzokaralar olib bordi.

Shuningdek, TTESI delegasiyasi Buros universitetining zamonaviy ilmiy laboratoriyalari, xususan tekstil chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha maxsus markazlari bilan yaqindan tanishdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning Shvesiyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan ushbu hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida barqaror va chuqurlashtirilgan ilmiy-akademik aloqalarning mustahkam poydevorini yaratadi.

Kiritildi: 17:44 17.06.2025. O'qildi: 436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!