NATO va G7 davlatlari Rossiya-Ukraina urushi uzoq davom etishi mumkinligini bilishadi, ammo Kiyevni qancha vaqt kerak bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlaydi, dedi Bloomberg agentligiga Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo.
"Biz har doim bu uzoq jarayon bo‘lishini bilardik", dedi Tryudo Ukraina qarshi hujumining borishi haqidagi savolga javob berib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Katta yettilik va NATO doirasidagi suhbatlardan kelib chiqadigan bo‘lsak,” bu davlatlar uzoq muddatli harbiy harakatlarga tayyor, ammo Kiyevga yordam davom etadi, “chunki biz Rossiyaning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz va yo‘l qo‘ymasligimiz kerak”.