Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Trump Organization mobil xizmat ishga tushiradi va T1 smartfonini taqdim etdi

Trump Organization mobil xizmat ishga tushiradi va T1 smartfonini taqdim etdi

Donald Tramp oilasining kompaniyasi, The Trump Organization, yangi mobil xizmat — Trump Mobile’ni e’lon qildi. U AQShdagi uchta asosiy operator bilan ishlaydi va 5G hamda boshqa mobil aloqa xizmatlarini taklif etadi.

Asosiy tarif — The 47 Plan, oyiga 47,45 dollar turadi va cheksiz qo‘ng‘iroqlar va xabarlar, 100 dan ortiq davlatlarga bepul xalqaro qo‘ng‘iroqlar hamda Drive America orqali yo‘l yordamini o‘z ichiga oladi. Liberty Mobile bazasida ishlaydigan xizmat T-Mobile tarmog‘idan foydalanib, qulaylik va ishonchlilikni va’da qilmoqda.

Bundan tashqari, Trump Mobile saytida AQShda ishlab chiqarilgan “oltin” Android smartfoni T1 Phone taqdim etildi. Qurilmada uchta kamera (asosiy 50 MP, ikkitasi 2 MP), oldingi kamera 16 MP, 6,8 dyuym AMOLED ekran va 5000 mA·soat sig‘imli tez quvvatlanadigan batareya mavjud. Smartfon 12 GB operativ xotira va 256 GB ichki xotiraga ega. Qurilmaning narxi 499 dollar.

Loyihani AQSh prezidenti o‘g‘illari Erik va Donald Tramp jr. boshqaradi. Eslatib o‘tamiz, The Trump Organization ilgari Donald Tramp kundalik biznes boshqaruvida ishtirok etmasligini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 13:32 17.06.2025. O'qildi: 384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!