Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Manba: Eldor Shomurodov Turkiyaga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘ldi, ammo Fransiya klubi ham Shomurodovga qiziqish bildirmoqda

Manba: Eldor Shomurodov Turkiyaga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘ldi, ammo Fransiya klubi ham Shomurodovga qiziqish bildirmoqda

Italiyalik mashhur insayder Janluki Di Marsio malum qilishicha, O‘zbekiston milliy jamoasi sardori “Istanbul Bashakshehir“ning taklifini qabul qildi. Eldor Shomurodov O‘rtayer dengizida joylashgan Apenin orolini Turkiyaga almashtirishni ma’qul ko‘rdi.

Shuningdek, boshqa manba ma’lumotlariga qaraganda, Fransiyaning «Renn» klubi ham vaziyatni diqqat bilan kuzatib turibdi va muzokaralarga aralashishga tayyor.

Shomurodov 2021 yildan beri Italiya A seriyasida faoliyat olib bormoqda. U shu vaqt orasida “Jenoa“, “Roma“, “Spesiya“ va “Kalyari“ jamoalarida to‘p tepdi. 29 yoshli hujumchi A seriyada jami 119 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 19 ta gol va 13 ta golli uzatma bor.

Kiritildi: 23:01 20.06.2025. O'qildi: 1637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!