Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Transport vositangiz uchun yangi to‘lov to‘laysiz!

Transport vositangiz uchun yangi to‘lov to‘laysiz!

“G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizasiya yig‘imini joriy etish to‘g‘risida” Hukumat qarori (347-son, 02.06.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda huquqiy axborot kanali ma’lum qildi. Unga ko‘ra, ayrim transport vositalariga utilizasiya yig‘imi joriy qilinadi.

Qaror bilan 2020 yil 1 avgustdan utilizasiya yig‘imi stavkalari va utilizasiya yig‘imi to‘lanadigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari turlari va toifalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Transport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimida rasmiylashtiradigan jismoniy va yuridik shaxslar yoki O‘zbekiston hududida sotiladigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalarini ishlab chiqaradigan (yig‘adigan, tayyorlaydigan) jismoniy va yuridik shaxslar utilizasiya yig‘imi to‘lovchilari hisoblanadi.

Kiritildi: 12:52 06.06.2020. O'qildi: 8330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!