Donald Trampning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili yanvar oyi boshida Kiyevga kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Agentlik manbalari Kit Kellogning rejalari haqida gapirib berdi. Kellogg jamoasi Kiyevga tashrifidan tashqari, Yevropaning boshqa poytaxtlari, xususan, Rim va Parijda ham yetakchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish ustida ishlamoqda. Biroq u Moskvaga bormaydi.
Kellogning rejadi yakuniy emas va yo‘nalish o‘zgarishi mumkin. Uchrashuvlarning o‘zi faol muzokaralar o‘tkazishdan ko‘ra "ma’lumot to‘plashga" qaratilgan bo‘lishi kutilmoqda.
Kellog Trampga taklif qilgan tinchlik rejasiga ko‘ra, agar Kiyev Moskva bilan tinchlik muzokaralarini boshlamasa, Vashingtonning harbiy yordamidan mahrum bo‘ladi. Agar Moskva muzokaralardan bosh tortsa, AQSh Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytiradi.