Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Trampning topshirig‘idan so‘ng AQSh va Janubiy Koreya har yili o‘tkaziladigan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar muddatini qisqartirdi — Reuters

Trampning topshirig‘idan so‘ng AQSh va Janubiy Koreya har yili o‘tkaziladigan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar muddatini qisqartirdi — Reuters

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Kim Chen In bilan yaxshi munosabatlarga egaligi sababli Pentagonga Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni “sezilarli darajada qisqartirish”ni buyurgandi. Shundan so‘ng qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar muddati 11 kundan 5 kunga qisqartirilgan.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 17 avgust kuni boshlangan Ulchi Freedom Shield mashg‘ulotlari endi joriy yilning 21 avgustida yakunlanadi. Aslida esa mashg‘ulotlar 27 avgustgacha davom etishi rejalashtirilgandi.

Janubiy Koreya mudofaa vaziri An Gyu Bekning aytishicha, mashg‘ulotlarning ikkinchi bosqichi bekor qilinmoqda. Ushbu bosqich mudofaa amaliyotlaridan keyingi qarshi hujum operasiyalarini o‘z ichiga olishi kerak edi. Shuningdek, ayrim qo‘shma dala mashqlari ham qisqartiriladi.

Kiritildi: 17:11 19.08.2026. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!