Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Trampning tinchlik rejasidan AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olinadigan foydani berish taklifi chiqarib tashlandi

Trampning tinchlik rejasidan AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olinadigan foydani berish taklifi chiqarib tashlandi

Trampning tinchlik rejasidan AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olinadigan foydani berish taklifi chiqarib tashlandi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

"Tinchlik rejasining yangi versiyasida Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan 100 milliard dollarni Ukrainani tiklash dasturlariga yo‘naltirish va AQSh bu amaliyotdan 50 foiz foyda olishi haqidagi band tilga olinmagan", deya xabar bermoqda nashr manbalariga tayanib.

Evropa davlatlari Qo‘shma Shtatlar tomonidan taklif qilingan tinchlik rejasidagi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish g‘oyasini tanqid qilgandi.

Politico'ning yozishicha, aktivlarning katta qismi joylashgan Yevropa Ittifoqi muzlatilgan mablag‘larni Ukrainaga “reparasiya krediti” sifatida ishlatishni rejalashtirgan.

Kiritildi: 21:37 24.11.2025. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!