Shu bilan birga, Maykl Uols Kiyevga taqdim etilgan bitim “Vashingtonning xavfsizlik kafolati” deb bilishini ta’kidlagan.
"Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga qilgan yaxshiliklar inobatga olinsa, Kiyev “ovozini pasaytirishi”, bitimni sinchkovlik bilan ko‘rib chiqishi va uni imzolashi kerak", – deya fikr bildirdi Uols Fox News telekanali efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy Kiyevning ushbu kelishuvni rad etganidan ajablangan, chunki Vashington buni Ukrainaga "AQShni iqtisodiy sherik va xavfsizlik kafolati sifatida" jalb qilish uchun tarixiy imkoniyat deb biladi.
"Biz Ukrainaning xavfsizligi uchun juda ko‘p ish qildik. Endi biz yordam shaklini o‘zgartirmoqchi bo‘lsak, bu hech kimni xafa qilmasligi kerak. Prezident Tramp bu urushni tugatish niyatida", – deya fikr bildirdi Trampning maslahatchisi.
Uolsning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Ukrainani muzokaralar stolida ushlab turishni xohlaydi va uning Putinga qo‘ng‘iroq qilgani Rossiyaga moyillikni anglatmaydi.