Bunday taxminni Fox News telekanali jurnalisti ilgari surdi, bu haqda Oq uy stenogrammasida qayd etilgan.
"Stiv Uitkoff Vladimir Putin bilan uchrashgan, bu uch yarim soat davom etgan bo‘lishi mumkin. Biz bundan qanday xulosa chiqara olamiz? Yevropadagi urushning yakunlanishiga umid qilsak bo‘ladimi?" — deya fikr bildirdi telekanal jurnalisti Shon Hanniti.
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bu xabarni tasdiqlamadi, biroq prezident Tramp Ukrainadagi urushni tugatish niyatida ekanini ta’kidladi.