5 dekabr kuni Binance birjasida bitkoin narxi tarixda birinchi marta 100 ming AQSh dollaridan oshdi. Moskva vaqti bilan soat 5:39 da Bitkoin narxi 100 000 dollarga yetdi va ertalabki oltiga kelib, xuddi shunday o‘sish 20 dan ortiq kripto birjalari ma’lumotlarini hisobga olgan holda CoinMarketCap veb-sayti tomonidan qayd etildi.
Bitkoin narxi Donald Trampning AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan keyin tez o‘sishni boshladi. 5 noyabrdan boshlab kriptovalyuta 40% ga, yil boshidan esa ikki baravardan ko‘proq qimmatlashdi.
Uch yil avval bitkoinni firibgarlik deb atagan Tramp Qo‘shma Shtatlarni «dunyoning kriptopoytaxtiga» aylantirish va kriptovalyutaning davlat zaxirasini to‘plash niyatida ekanligini ma’lum qildi. Shu fonda kriptovalyuta bozorining hajmi uch trillion dollardan oshib ketdi, bu ikki yil avvalgi darajadan ikki baravar ko‘p.
Donald Tramp mashhur kriptolobbist Pol Atkinsni Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi rahbari etib tayinlash rejasini e’lon qilganidan bir necha soat o‘tgach, bitkoin yangi rekord o‘rnatdi.
Ilgari kriptovalyuta bozorining asosiy raqibi hisoblangan Komissiya yetakchi kriptokompaniyalar bilan ko‘plab sud jarayonlarini boshladi. Biroq, Atkinsning tayinlanishi sanoatni qanday tartibga solishda mumkin bo‘lgan katta o‘zgarishlardan dalolat beradi.