AQSh prezidenti Donald Tramp payshanba kuni Isroilning strategik masalalar bo‘yicha vaziri Ron Dermer bilan uchrashdi. Ular Eron bilan yadroviy muzokaralar va Isroilning G‘azodagi urushini muhokama qilishdi. Bu haqda ikki xabardor manbaga tayanib, Axios xabar berdi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuv Oq uyda bo‘lib o‘tgan va na Amerika, na Isroil tomoni tomonidan e’lon qilingan. Chorshanba kuni Dermer AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi, so‘ngra Oq uyda bir nechta uchrashuvlar, jumladan, payshanba kuni Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Oq uyda izoh berishdan bosh tortishdi.