Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Trampning inaugurasiyasida Xitoy raisi o‘rinbosari ishtirok etadi

Trampning inaugurasiyasida Xitoy raisi o‘rinbosari ishtirok etadi

Bu haqda juma kuni Xitoy TIV rasmiy vakili ma’lum qildi.

Amerika tomonining taklifiga binoan XXR raisi Si Szinpinning maxsus vakili, Xitoy Xalq Respublikasi raisi o‘rinbosari Xan Chjen Donald Trampning inaugurasiya marosimida ishtirok etadi.

Xitoy TIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashda o‘zaro hurmat, tinch-totuv yashash va g‘alaba qozongan hamkorlik tamoyillariga amal qiladi.

— Biz AQShning yangi hukumati bilan muloqot va aloqani kuchaytirishga, kelishmovchiliklarni to‘g‘ri boshqarishga, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga va Xitoy va AQSh munosabatlarining barqaror, sog‘lom va bir maromda rivojlanishiga ko‘maklashish uchun birgalikda sa’y-harakatlarni amalga oshirishga tayyormiz. Mamlakatlar davlatlararo aloqalarni o‘rnatish uchun to‘g‘ri yo‘lda, - dedi Xitoy TIV vakili.

Eslatib o‘tamiz, AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning inaugurasiya marosimi 20 yanvar kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 19:32 17.01.2025. O'qildi: 998 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!