Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Trampning G‘azodagi tinchlik rejasi so‘roq ostida: AQSh kelishuvning barbod bo‘lishidan qo‘rqmoqda

Trampning G‘azodagi tinchlik rejasi so‘roq ostida: AQSh kelishuvning barbod bo‘lishidan qo‘rqmoqda

Izrail va HAMAS o‘rtasida AQSh prezidenti Donald Tramp oktyabr oyida tuzgan tinchlik kelishuvi so‘roq ostida qolmoqda. Politico nashri Tramp ma’muriyatining ichki hujjatlariga tayanib yozishicha, Oq uyda kelishuvni amalga oshirish imkoniyati borasida shubhalar ortib bormoqda.

Asosiy muammo — kelishuvning ikkinchi bosqichiga oid aniq rejaning yo‘qligi. Unga ko‘ra, o‘t ochish to‘xtatilgandan so‘ng G‘aza sektori qayta tiklanishi kerak edi. Hujjatlarda ta’kidlanishicha, bu jarayonni amalga oshirishi kerak bo‘lgan “Xalqaro barqarorlik missiyasi” hozircha faqat “qog‘ozda” mavjud: ko‘plab davlatlar moliyaviy yordam berishga tayyor, ammo harbiy kuch yuborishni istamaydi, shu bilan birga, Isroil Turkiya ishtirokini keskin rad etmoqda.

Politico ma’lumotlariga ko‘ra, hozir Isroil qo‘shinlari G‘azaning taxminan yarmini nazorat qilmoqda, ammo aholining 95 foizi hali ham HAMAS boshqaruvida qolmoqda. Shu bilan birga, Falastin ma’muriyati G‘azaga qaytishga intilayotgan bo‘lsa-da, Isroil bunga qarshi chiqmoqda.

Rasman Vashington hali ham “reja amal qilmoqda” degan pozisiyada turibdi. Davlat kotibi Marko Rubio “yo‘l xavfli, lekin katta imkoniyatlar ham mavjud”, deya ta’kidlagan. Ammo Politico yozishicha, ichki hisobotlarda G‘azada hokimiyat bo‘shlig‘i yuzaga kelayotgani, gumanitar inqiroz kuchayib borayotgani va HAMASning mavqei yana mustahkamlanayotgani haqida ogohlantirishlar berilgan.

“Sulhdan keyin hamma muvaffaqiyatni nishonladi. Ammo haqiqiy, og‘ir ish hali oldinda”, — degan AQSh ma’muriyati vakillaridan biri nashrga.

Kiritildi: 17:25 12.11.2025. O'qildi: 989 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!